Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

APL. «Manchester Siti» Londonda «Chelsi»ni tor-mor etdi, Husanovdan navbatdagi ishonchli o‘yin

APL. «Manchester Siti» Londonda «Chelsi»ni tor-mor etdi, Husanovdan navbatdagi ishonchli o‘yin

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» Angliya chempionatining 32-turi doirasida kechgan bahsda «Chelsi» ustidan 3:0 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 51-daqiqasida Niko O'Rayli hisobni ochdi. 57-daqiqada Mark Gexi «shaharliklar»ning ustunligini oshirgan bo‘lsa, 68-daqiqada Jeremi Doku mezbonlar darvozasiga uchinchi golni urdi. Rayan Sherki ushbu o‘yinda ikkita golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Shu tariqa, «Manchester Siti» barcha turnirlarda ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va 64 ochko bilan APL turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi. Jamoa peshqadam «Arsenal»dan 6 ochko ortda qolmoqda, biroq «shaharliklar»da zaxirada yana bitta o‘yin mavjud.

«Chelsi» esa 48 ochko bilan Angliya chempionatida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

«CHELSI» — «MANCHESTER SITI» — 0:3

Gollar: Mett O`Rayli 51 (0:1), Mark Gehi 57 (0:2), Jeremi Doku 68 (0:3).

«Chelsi»: Sanches, Kukurelya, Xato, Fofana, Gyusto (Achimpong, 88), Kaysedo (Essugu, 82), Santos (Lavia, 67), Pedru Netu, Palmer, Estevan (Garnacho, 67), Joao Pedro (Delap, 81).

«Manchester Siti»: Donnarumma, O`Rayli (Ait Nuri, 64), Gehi, Abduqodir Xusanov, Mateus Nunes, Rodri, Bernardu Silva (Kovachich, 81), Doku (Savio, 76), Rayan Sherki (Foden, 76), Antuan Semenyo, Erling Xolann.

Ogohlantirishlar: Estevan (12), Kukurelya (54), Essugu (90) — Semenyo (38).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:31, 12.04.2026.
O'qildi: 2427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик