Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 23:45 Monsa - Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford - Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona

Marokash sudi 18 nafar senegallik futbol muxlisini qamoq jazosiga hukm qildi

Marokash sudi 18 nafar senegallik futbol muxlisini qamoq jazosiga hukm qildi

Baho:
+ | -

Marokash sudi Afrika Millatlar Kubogi final uchrashuvi vaqtida tartibsizliklar keltirib chiqarganlikda ayblangan 18 nafar senegallik ishqibozga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi.

Ishqibozlar 18 yanvar kuni qo‘lga olingan edi. Ular huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik qilish, sport jihozlariga shikast yetkazish va buyumlarni uloqtirishda ayblangan.

Sud jarayonining birinchi bosqichida to‘qqiz nafar senegallik bir yilga qamalgan va 5 000 marokash dirhami (taxminan 460 yevro) miqdorida jarimaga tortilgandi. Olti nafar muxlisga olti oyliq qamoq va 2 000 dirham (184 yevro) jarima, yana uch kishi esa uch oylik qamoq va 1 000 dirham (92 yevro) jarima jazosi qo‘llanilgan. 13 aprel kuni ayblanuvchilarning sud qarori ustidan shikoyat sudi o‘tkazildi, biroq hukm o‘zgarishsiz qoldi.

18 mart kuni Afrika futbol konfederasiyasi (CAF) final uchrashuvida senegalliklarga texnik mag‘lubiyat yozdi va Marokash terma jamoasini turnir g‘olibi deb e’lon qildi. O‘yin natijasi (0:0, qo‘shimcha vaqtlarda 1:0) Senegal futbolchilari maydonni 10 daqiqadan ko‘proq vaqtga tark etgani sababli bekor qilingan.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda, videotakrordan so‘ng senegalliklarning goli bekor qilingan, so‘ngra yana bir VAR tekshiruvidan keyin Senegal darvozasiga penalti belgilangan edi. Shundan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Papa Tiau norozilik belgisi sifatida futbolchilarni maydondan olib chiqib ketdi. 15 daqiqadan so‘ng senegalliklar qaytishdi, darvozabon Eduar Mendi esa Braim Dias tomonidan 11 metrlik nuqtadan yo‘llangan zarbani qaytardi. Qo‘shimcha vaqtda senegallik Papa Gee gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Senegal futbol federasiyasi CAF qarori ustidan Sport hakamlik sudiga (CAS) shikoyat kiritgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:20, 14.04.2026.
O'qildi: 800 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик