«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike yaqin kelajakda Angliyaga ko‘chib o‘tmaydi. Tez orada ispaniyalik mutaxassis Liga 1 grandi bilan shartnomasini uzaytirishi kutilmoqda.
«Luis Enrike «PSJ» bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin — bu «Manchester Yunayted» uchun zarba», — chorshanba kuni The Telegraph nashri sahifalarida shunday sarlavhali maqola e’lon qilindi.
Maqolada ta’kidlanishicha, «Manchester Yunayted» Enrikeni diqqat bilan kuzatib borayotgan edi, biroq kelayotgan yozda uni qo‘lga kiritish imkoniyati yo‘q. Luis yaqin vaqt ichida «PSJ» bilan kelishuvni yangilaydi. Yangi shartnoma 2029 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi va unda hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirish bandi ham ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha «PSJ» safarda «Liverpul»ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, Chempionlar ligasining yarim finaliga yo‘l oldi.













