Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

“Mening futbolchilarim — taslim bo‘lmas jamoa” — Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasining JCHdagi debyuti haqida

“Mening futbolchilarim — taslim bo‘lmas jamoa” — Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasining JCHdagi debyuti haqida

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, afsonaviy italiyalik himoyachi Fabio Kannavaro Italiyaning mashhur Prime Video Sport IT kanaliga katta intervyu berdi. Suhbat davomida murabbiy Toshkentga kelishi tafsilotlari, JCHdagi debyut hayajoni va o‘zbek futbolchilarining xarakteri haqida gapirdi.

“Pul haqida tortishib o‘tirmadim”
Kannavaro O‘zbekiston futbol federasiyasi bilan muzokaralar qanday oson kechganini esladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyati moliyaviy shartlardan ustun bo‘lgan.

“Men O‘zbekistonning taklifiga o‘ylab o‘tirmasdan rozi bo‘ldim. Bu qarorim rahbariyatga ham juda ma’qul keldi, chunki men ular bilan na pul masalasida, na boshqa shartlar borasida tortishib o‘tirmadim. Ularga shunchaki aytdim: ‘vaqtida futbolchi sifatida mundialda ishtirok etgan insonga yillar o‘tib murabbiy sifatida qaytish — bu taqdirning haqiqiy sovg‘asidir’. Mundialga qaytishning zavqi boshqacha”.

Kannavaroning ta’kidlashicha, uning O‘zbekiston bilan tanishuvi jamoa ustozi etib tayinlanishidan bir necha oy oldin, Toshkentdagi “Afsonalar o‘yini”da boshlangan:

“O‘shanda muhitni his qilgan edim. Federasiya vise-prezidenti, sobiq xalqaro hakam (Ravshan Ermatov — tahr.) bilan tanishib qolgandik. Bir necha haftadan so‘ng u qo‘ng‘iroq qilib, uchrashuv taklif qildi. Hech ikkilanmay rozi bo‘ldim”.

“Mening futbolchilarim — taslim bo‘lmas jamoa”
Intervyu davomida boshlovchi Kannavaroga: “mundialda qancha uzoqqa bora olasizlar?” degan savol bilan yuzlandi. Murabbiy esa bosiqlik bilan javob qaytardi:

“Biz hozircha dunyoning eng yirik terma jamoasi emasmiz. Tarkibimiz faqat o‘ta iste’dodli yoki yulduzlardan iborat deb ham ayta olmayman. Ammo biz — juda qattiq mehnat qiladigan jamoamiz. Bizga qarshi o‘ynash hammaga juda qiyin bo‘ladi. Mening futbolchilarim jahon chempionatida hech qachon taslim bo‘lmasliklarini butun dunyoga ko‘rsatishlarini istayman”.

Shuningdek, Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasi mundialda bosimsiz o‘ynashini bildirdi:

“Mundialda bosim shu darajada yuqoriki, men o‘z futbolchilarim u yerga ‘yo‘qotadigan hech narsasi yo‘q’ degan xarakterda borishlarini ta’minlashim kerak. Biz shunday guruhdamizki, hatto bitta ochko qo‘lga kiritish ham katta natija bo‘ladi. Biz juda terma jamoalarga qarshi o‘ynaymiz, lekin men o‘sha hayajon va asabiylikni jamoaning ongidan olib tashlash ustida ishlayapman”.

Suhbat davomida Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasi ortida nafaqat 38 millionlik o‘zbek xalqi, balki butun Italiya muxlislari turishini bildirdi.

“Ha, buni menga ko‘pchilik aytdi, italiyaliklar bizga muxlislik qilishadi. Mundial — bu boshlanishi. Undan olti oy o‘tib bizni Saudiya Arabistonida o‘tadigan Osiyo Kubogi kutib turibdi. Ishonamanki, o‘sha turnirda terma jamoamiz ko‘rsatadigan o‘yindan barchamiz zavq olamiz”.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi “K” guruhida Portugaliya, Kolumbiya hamda Konga Demokratik Respublikasiga qarshi maydonga tushadi. Kannavaro jamoasi mundialdagi ilk o‘yinini 17 iyun kuni Mexiko shahrida Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:27, 18.04.2026.
O'qildi: 1256 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик