Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» va «MYU» bir futbolchi uchun kurash olib boradi

«Liverpul» va «MYU» bir futbolchi uchun kurash olib boradi

Baho:
+ | -

talkSPORT nashriga ma’lum bo‘lishicha, «Liverpul» «Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Uortonga qiziqish bildirayotgan navbatdagi klubga aylandi. Uorton mavsum yakunlanganidan keyin «Kristal Pelas»ni tark etishi kutilmoqda.

London klubi o‘z futbolchisi uchun kamida 80 million funt sterling talab qilmoqda. «Liverpul» yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda, chunki Kertis Jons jamoani tark etishi mumkin. Shu yilning yanvar oyida Jonsning Milanning «Inter» klubiga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi va A Seriya peshqadami kelayotgan yozda bu qiziqishni yana qayta tiklashi mumkin.

Biroq «Liverpul» uchun Uortonni qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi, chunki avvalroq ushbu xavbekka «Manchester Yunayted» ham da’vogarlik qilayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 11:40, 18.04.2026.
O'qildi: 709 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик