Kirish Ro'yxatdan o'tish

Palmer «Manchester Yunayted»ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Palmer «Manchester Yunayted»ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Baho:
+1 | -

«Chelsi»ning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer o‘zini «Manchester Yunayted» bilan bog‘layotgan mish-mishlarga nisbatan izoh berdi.

«Bunday xabarlarni ko‘rganimda shunchaki kulaman. Albatta, Manchester — mening uyim. U yerda butun oilam yashaydi, lekin men u yerni sog‘inayotganim yo‘q. Agar har uch oyda u yerga borib turmaganimda, balki sog‘ingan bo‘lardim. Mening «Chelsi»dan ketish rejam yo‘q. Oldimizda hali maqsadlar ko‘p. Bizni Angliya Kubogi yarim finali kutmoqda, agar Chempionlar ligasi hududida finish qilsak, yaxshi futbolchilarni sotib olishimiz mumkin bo‘ladi. Biz klub egalari bilan gaplashdik va ular futbolchilarimizga ishonishadi», — deya Palmerning so‘zlarini keltiradi The Guardian.

Shanba kuni, 18 aprel kuni «Chelsi» o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 12:34, 18.04.2026.
O'qildi: 954 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик