Kirish Ro'yxatdan o'tish

OCHL-2: «An-Nasr»ning yarim finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi

OCHL-2: «An-Nasr»ning yarim finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Birlashgan Arab Amirliklarida markazlashtirilgan tartibda o‘tkazilayotgan Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasining G‘arb mintaqasida ikkinchi yarim finalchi nomi ma’lum bo‘ldi.

Chorak finalning so‘nggi bahsida Qatarning «Al-Ahli» jamoasi Iordaniyaning «Al-Husayn» klubiga qarshi maydonga tushdi va 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Eksposito hisobni ochgan bo‘lsa, 21-daqiqada Qashi muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda qatarliklar bosimni oshirishdi va 65-daqiqada Yulian Draksler jamoasini oldinga olib chiqdi. Bahsga qo‘shib berilgan daqiqalarda Vlap penaltini aniq amalga oshirib, yakuniy hisobni belgiladi.

Endilikda «Al-Ahli» jamoasi final yo‘llanmasi uchun 22 aprel kuni Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu juftlik g‘olibi final uchrashuvida Sharq mintaqasi vakili — Yaponiyaning «Gamba Osaka» jamoasi bilan bosh sovrin uchun kurashadi.

OCHL-2. Chorak final

«Al-Ahli» (Qatar) — «Al-Husayn» (Iordaniya) — 3:1

Gollar: Eksposito (2), Draksler (65), Vlap (90+7, pen.) — Qashi (21).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:15, 20.04.2026.
O'qildi: 1795 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик