Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

"Benfika" joriy mavsumda milliy chempionatda mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti

"Benfika" joriy mavsumda milliy chempionatda mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti

Baho:
+ | -

O‘tgan dam olish kunlari Praganing «Slaviya» klubi «Grades-Kralove»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu esa Yevropada o‘z chempionati doirasida joriy mavsumda hali biror marta mag‘lubiyatga uchramagan faqat bitta klub qolganini anglatadi. Bu — Joze Mourinyu qo‘l ostidagi Lissabonning «Benfika» klubidir.

Shunga qaramay, «Benfika» turnir jadvalida peshqadamlik qilmayapti, hatto chempionlik imkoniyatlarini deyarli yo‘qotgan. Chempionat tugashiga to‘rt tur qolganda ular «Portu»dan yetti ochko orqada qolmoqda.

Buning sababi «Benfika»ning juda ko‘p durang o‘ynayotganidadir: jamoa 30 ta o‘yinning 9 tasida ochko bo‘lishishga majbur bo‘lgan. Qolgan 21 uchrashuv lissabonliklarning g‘alabasi bilan yakunlangan, o‘tgan dam olish kunlarida «Sporting» ustidan qozonilgan g‘alaba ham shular jumlasidandir.

Kiritildi: 18:11, 20.04.2026.
O'qildi: 598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик