Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

«Barselona» «Chelsi»dan malilik 18 yoshli iste’dodni ilib ketdi

«Barselona» «Chelsi»dan malilik 18 yoshli iste’dodni ilib ketdi

Baho:
+-1 | -

Kataloniyaning «Barselona» klubi Afrikaning eng iqtidorli yosh futbolchilaridan biri — Mali terma jamoasining 18 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Seydu Dembele uchun kurashda «Chelsi»ni ortda qoldirdi. Bu haqda Sports.kz xabar berdi.

Africafoot nashri ma’lumotiga ko‘ra, JMG Academy tarbiyalanuvchisi allaqachon «ko‘k-anorranglilar»ni tanlashga qaror qilgan va yaqin kunlarda hujjatlarni rasmiylashtirish uchun Ispaniyaga yo‘l oladi. Avvalroq malilik futbolchi uchun asosiy da’vogar «Chelsi» hisoblangan va londonliklar u uchun 1,5 million yevro to‘lashga tayyor edi. Shuningdek, avstriyaning «Red Bull Zalsburg» hamda Turkiyaning «Fenerbaxche» klublari ham futbolchiga qiziqish bildirgan.

Seydu Dembele o‘zining nisbatan kichik jismoniy ko‘rsatkichlariga (bo‘yi — 165 sm) qaramasdan, xalqaro maydonda o‘zini yorqin namoyon eta oldi. Uning uchun asosiy tramplin Qatarda bo‘lib o‘tgan U-17 yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘ldi. Ushbu musobaqada Mali (U-17) safida 5 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi. Mutaxassislar ayniqsa uning chap oyog‘i va himoyachilar ortiga kesib o‘tadigan uzatmalar berish mahoratini yuqori baholamoqda.

Shuningdek, Marokashda o‘tgan U-17 yoshlar o‘rtasidagi Afrika millatlar kubogida Dembele 6 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.

Shu tariqa, «Barselona» dunyo bo‘ylab yosh iste’dodlarni jalb etish siyosatini davom ettirib, Mali futbolining eng yorqin vakillaridan birini o‘z safiga qo‘shib olmoqda.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 22:25, 20.04.2026.
O'qildi: 6983 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик