Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Lemprad boshqaruvidagi «Koventri Siti» Chempionship g‘olibiga aylandi

Lemprad boshqaruvidagi «Koventri Siti» Chempionship g‘olibiga aylandi

Baho:
+ | -

Frenk Lempard boshqaruvidagi «Koventri Siti» Angliya Chempionshipi 2025/2026 mavsumining g‘olibi bo‘ldi. Jamoa 44-turda «Portsmut»ni 5:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqa yakuniga ikki tur qolganidayoq birinchi o‘rinni kafolatladi.

Uchrashuvda hisob 12-daqiqada Rayt tomonidan ochildi. 47-daqiqada Meyson-Klark, 50-daqiqada Pul gol urib ustunlikni oshirdi. 69-daqiqada Segechich javob golini kiritdi, biroq 76-daqiqada Meyson-Klark dubl qayd etdi va 90+1-daqiqada Kessler-Xeyden yakuniy hisobni 5:1 ko‘rinishida belgiladi.

Avvalgi turda «Koventri» «Blekbern Rovers» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, Premyer-ligaga chiqishni ta’minlagan edi. Shu tariqa klub 25 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya elita divizioniga qaytmoqda.

Frenk Lempard esa mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. U 2024 yil noyabridan buyon «Koventri Siti»ni boshqarib kelmoqda. Ilgari u «Derbi Kaunti», «Chelsi» va «Everton» klublarida faoliyat yuritgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 11:00, 22.04.2026.
O'qildi: 471 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик