Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Sterling «Feyenoord»ni tark etadi

Sterling «Feyenoord»ni tark etadi

Baho:
+ | -

Angliyalik mashhur hujumchi Rahim Sterling va Niderlandiyaning «Feyenoord» klubi o‘rtasidagi hamkorlik yakuniga yetmoqda. Tomonlar amaldagi kelishuvni uzaytirishdan manfaatdor emas. Bu haqda derbyderbyderby.it nashri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Sterling Rotterdam klubi bilan olti oylik qisqa muddatli shartnoma imzolagan edi. Biroq tez-tez takrorlanayotgan jarohatlar tufayli futbolchi deyarli maydonga tushmayapti. Shu sababli, Premyer-liga sobiq yulduzi «Feyenoord» rahbariyatini o‘z xizmatlariga ehtiyoj borligiga ishontira olmadi.

Jamoa bosh murabbiyi Robin van Persi vaziyatga quyidagicha munosabat bildirdi:

«Men Sterlingning qarorlarini hurmat qilaman, biroq birinchi navbatda jamoa oldiga qo‘yilgan turnir vazifalarini hal qilish haqida o‘ylashim kerak. Bu hamma narsadan muhimroq», — dedi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Niderlandiya Erediviziyasi yakuniga to‘rt tur qolganda «Feyenoord» turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Rahim Sterling faoliyati davomida APLning «Liverpul», «Manchester Siti» va «Chelsi» kabi grand klublari sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 13:26, 22.04.2026.
O'qildi: 524 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик