Kirish Ro'yxatdan o'tish

Braziliyalik iqtidor sohibi «Zenit»ga o‘tishni rad etdi

Braziliyalik iqtidor sohibi «Zenit»ga o‘tishni rad etdi

Baho:
+ | -

Braziliyaning «Botafogo» klubi yarim himoyachisi Danilo dos Santos Sankt-Peterburgning «Zenit» klubiga o‘tmaydigan bo‘ldi.

Avvalroq Rossiya klubi 25 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq «Sport-Ekspress» nashrining yozishicha, futbolchining o‘zi faoliyatini «Zenit»da davom ettirishni istamagan.

Danilo jahon chempionatidan so‘ng G‘arbiy Yevropaning kuchli klublaridan biriga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda. U mundialdagi ishtiroki orqali nufuzli jamoalar e’tiborini tortishga umid qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Danilo dos Santos Braziliya chempionatining joriy mavsumida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etdi.

Kiritildi: 13:33, 22.04.2026.
O'qildi: 631 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик