Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

O‘zbekiston xokkey terma jamoasi 2027-yilgi JCHda ham mahalliylashtirilgan o‘yinchilar xizmatidan foydalanadi

O‘zbekiston xokkey terma jamoasi 2027-yilgi JCHda ham mahalliylashtirilgan o‘yinchilar xizmatidan foydalanadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston sport fuqaroligiga ega bo‘lgan va terma jamoaga Jahon chempionatining uchinchi divizioni “A” guruhiga yo‘l olishda yordam bergan mahalliylashtirilgan xokkeychilar 2027-yilda ham jamoa safida maydonga tushadi. Bu haqda O‘zbekiston xokkey federasiyasi vise-prezidenti Bahodir G‘ofurov TASSga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

19-aprel kuni O‘zbekiston terma jamoasi Gonkong ustidan 9:4 hisobida g‘alaba qozonib, uchinchi divizion “B” guruhi g‘olibiga aylandi. Endilikda jamoa 2027-yilda ikkinchi divizionning “B” guruhi yo‘llanmasi uchun uchinchi divizionning “A” guruhida bahs olib boradi.

Turnirning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatidagi dastlabki beshta o‘rinni O‘zbekiston terma jamoasi vakillari egalladi. Vadim Kravchenko 35 ochko (19+16) bilan eng samarali o‘yinchi bo‘ldi. U yakunda musobaqaning eng yaxshi xokkeychisi deb topildi.

“Kelasi yili ushbu tajribali yigitlar kamida Jahon chempionatida o‘ynaydi. To‘g‘risini aytsam, yoshlarni tayyorlash masalasida biroz xavotir bor. O‘rinbosarlar tayyorlash kerakligi tushunarli, ammo jamoa darajasini ushlab turish uchun yana bir muddat xokkeychilarni mahalliylashtirishga to‘g‘ri keladi. Yuqori divizionlarda ishtirok etish jamoa saviyasiga nisbatan yuqori talablar qo‘yishini yaxshi anglaymiz”, deydi G‘ofurov.

Shuningdek, vise-prezident bir qator istiqbolli mahalliy o‘yinchilarni ham sanab o‘tgan:

“Bir necha yildan buyon yaxshi saviyada o‘zini ko‘rsatib kelayotgan, Chexiya yoshlar ligasida ikkinchi mavsumini o‘tkazayotgan Jasurbek Rustamxonov bor, u bungacha “Humo” asosiy jamoasining eng yosh o‘yinchisi edi. Salohiddin Azimov, Albert Dadaxo‘jayev, Timur Tillaxo‘jayev, yaxshi himoyachi Diyorbek Husanboyev bor, yana safga qo‘shilish arafasida turgan o‘yinchilarimiz ham mavjud”.

G‘ofurov o‘zbekistonlik xokkeychilar uchun kuchli ligalarda o‘yin amaliyoti yetishmayotganini aytib o‘tgan.

“Mahorat borasida mahalliylashtirilgan sportchilar bilan solishtirganda farq hali ham sezilarli, texnika va konki uchishda kamchiliklar bor, biroq so‘nggi ikki yilda bu yoshlar jiddiy o‘sishga erishdi, shuning uchun ham terma jamoadan joy olgan. Ularning ko‘pchiligiga raqobatbardosh chempionatlarda o‘yin amaliyoti yetishmayapti. Idealda bu Qozog‘iston Proligasi yoki yoshlar xokkey ligasi darajasidagi jamoa bo‘lishi kerak. Shunda biz yosh o‘yinchilarni chiniqtirish va o‘yin amaliyotini oshirish masalasini hal qilgan bo‘lardik”, deydi federasiya vise-prezidenti.

Ma’lumot uchun, Normunds Seeys boshqaruvidagi O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatining 3-divizion “B” guruhidagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonib, birinchi o‘rinni egalladi va bu natija evaziga “A” guruhiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. O‘tgan yilning aprel oyida jamoa Yerevanda to‘rtinchi divizion g‘olibi bo‘lgan edi. O‘zbekiston Xalqaro xokkey federasiyasiga 2019-yilda qabul qilingan.

Musobaqada raqib darvozalariga 97 ta shayba kiritgan O‘zbekiston ushbu divizionning “B” guruhida gol urish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.

2027-yilda O‘zbekiston terma jamoasi uchinchi divizionning “A” guruhida Tayvan, Meksika, Bosniya va Gersegovina, JAR hamda Tailand jamoalari bilan kuch sinashadi. “A” guruhida so‘nggi o‘rinni egallagan Turkmaniston terma jamoasi esa 2027-yilda o‘z yurishini “B” guruhida davom ettiradi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 14:31, 22.04.2026.
O'qildi: 364 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик