Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Liverpul» Bekker transferi bo‘yicha «Yuventus»ning pozisiyasidan g‘azabda

«Liverpul» Bekker transferi bo‘yicha «Yuventus»ning pozisiyasidan g‘azabda

Baho:
+ | -

«Yuventus» «Liverpul» darvozaboni Alison Bekker bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi. Endi Turin klubi mersisaydliklar bilan potensial transfer shartlarini kelishib olishi kerak. Bu haqda Calciomercato xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, «qizillar» 33 yoshli posbonning o‘tishi uchun 10-15 million yevro talab qilmoqda, «Yuventus» esa bu summani kamaytirish yoki umuman to‘lamaslikni xohlayapti. Ta’kidlanishicha, Alisonning o‘zi «keksa sinyora» safiga o‘tishga tayyorligi turinliklarning foydasiga ishlamoqda. Shu bilan birga, «Liverpul» «italiyaliklarning talabidan g‘azabda».

Italiya grandi braziliyalik darvozabonga soliqlar to‘langanidan keyin mavsumiga 5-6 million yevro maosh bilan ikki yoki uch yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.

Joriy mavsumda Alison barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda ishtirok etdi va ularning 13 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, darvozabonning bozor qiymati 17 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 09:23, 25.04.2026.
O'qildi: 565 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик