Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

MLS. Messi o‘ynagan bahsda «Inter Mayami» «Nyu-Inglend Revolyushn»ni yenga olmadi va g‘alabali seriyasini davom ettira olmadi (videosharh)

Baho:
+ | -

MLS doirasida 25 apreldan 26 aprelga o‘tar kechasi «Inter Mayami» o‘z maydonida «Nyu-Inglend Revolyushn»ni qabul qildi. Mayamidegi «Nu Stedium»da bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Mehmonlar hisobni 56-daqiqada ispaniyalik yarim himoyachi Karles Xilning goli bilan ochdi. Maydon egalari safida yagona golni 76-daqiqada argentinalik hujumchi Xerman Berterame kiritdi. «Mayami»ning yulduz futbolchilari Lionel Messi, Luis Suares va Rodrigo De Paul ushbu bahsda samarali harakatlar bilan ajralib tura olmadi.

«Inter Mayami» MLSdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini to‘qqizta o‘yinga yetkazdi. «Nyu-Inglend Revolyushn» esa to‘rt o‘yinlik g‘alabali seriyasini to‘xtatdi. «Inter Mayami» 9 ta uchrashuvdan keyin 19 ochko bilan Sharqiy konferensiyada ikkinchi o‘rinda bormoqda. Foksboro jamoasi esa 16 ochko bilan uchinchi pog‘onada joylashgan.

Keyingi bahsda «Inter Mayami» 3 may kuni o‘z maydonida «Orlando Siti»ni qabul qiladi, «Nyu-Inglend Revolyushn» esa shu kuni o‘z maydonida «Sharlott»ga qarshi o‘ynaydi.

AQSH — MLS
26 aprel 2026 yil, yakshanba
«Inter Mayami» (Mayami) — «Nyu-Inglend Revolyushn» (Foksboro) 1:1
Gollar: Xil 56 (0:1), Berterame 76 (1:1).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:15, 26.04.2026.
O'qildi: 2005 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик