Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Ilhom Mo‘minjonov: «Futbolchilarning maydondagi harakatlari turdan-turga biz istagan futbolga yaqinlashmoqda»

Ilhom Mo‘minjonov: «Futbolchilarning maydondagi harakatlari turdan-turga biz istagan futbolga yaqinlashmoqda»

Baho:
+ | -

PRO-Liga 5-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» FJ – «Metallurg» bahsidan (0:5) keyin bekobodliklar bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Bugungi g‘alaba bilan muxlislarimizni, futbolchilarni va klubimiz rahbariyatini tabriklayman. Sekin-asta vazifani bajarib, o‘z maqsadimiz sari intilyapmiz. Eng quvonarlisi, futbolchilar o‘yindan o‘yinga qo‘shyapti. Jamoamiz borgan sari biz murabbiylar xohlagan futbolni namoyish etmoqda.

Futbolda o‘zi ketma-ket uch-to‘rtta o‘yinda yutish osonmas, bu futbolchilarga ruhan ta’sir qiladi. Menimcha, bugungi bahs boshlarida shu rol o‘ynadi. Oddiy misol «Sho‘rtan»ni olaylik, avvalgi turda qiyin raqibni mag‘lubiyatga uchratgandi, biroq bu turda «Yaypan» bilan durang o‘ynadi. «Sho‘rtan» yaxshi jamoa, lekin negadir kecha o‘yini chiqmadi.

Yashirmayman, klubimizda bosim ancha yuqori. Rahbariyat talabi katta. Buni bilib turib jamoani qabul qilib olganman. Biz murabbiylar o‘n oylik musobaqani stressda o‘tkazamiz. O‘z paytida «Neftchi»da ham shunday bo‘lgandi va bu menga yoqadi, bunga tayyorman. Ikkinchi davrada tarkibni yanada kuchaytirishni niyat qilganmiz».

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 20:30, 26.04.2026.
O'qildi: 789 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик