Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Manchester Siti» a’zosi «Arsenal» bilan chempionlik uchun kurash haqida: «Biz o‘zimizga ishonamiz»

«Manchester Siti» a’zosi «Arsenal» bilan chempionlik uchun kurash haqida: «Biz o‘zimizga ishonamiz»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Niko O’Rayli Premyer-liga chempionligi uchun kechayotgan qizg‘in kurash va jamoadagi ichki muhit haqida fikr bildirdi.

«Shaharliklar» ketma-ket g‘alabali seriya qayd etib, turnir jadvalida «Arsenal»ga yetib olgan edi. Biroq so‘nggi turlardan keyin «kanonirlar» yana 3 ochkolik farq bilan oldinga o‘tib ketishdi. Shunday bo‘lsa-da, Xosep Gvardiola shogirdlari ixtiyorida bitta zaxira o‘yini mavjud.

«Biz o‘zimizga ishonamiz va jamoamiz qanchalik kuchli ekanini yaxshi bilamiz. Tarkibimizdagi ko‘plab futbolchilar avval ham bunday bosim ostidagi vaziyatlarga tushishgan — ular bizga katta yordam berishmoqda. Oldinda hal qiluvchi haftalar va bir nechta qiyin o‘yinlar kutib turibdi. Hammasi eng so‘nggi soniyalarda hal bo‘lishi mumkin, ammo biz ishonchni yo‘qotmaymiz. Voqealar rivojini kuzatamiz», — deya O’Raylining so‘zlarini keltirmoqda City Xtra.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» navbatdagi uchrashuvini dushanba, 4 may kuni safarda «Everton»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 11:32, 30.04.2026.
O'qildi: 414 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик