Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Brunu Fernandesh Amorim davrida unga nima yoqqanini aytdi

Brunu Fernandesh Amorim davrida unga nima yoqqanini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh jamoaning sobiq murabbiyi Ruben Amorim unga topshirgan rol o‘ziga ma’qul kelganini tan oldi. Portugaliyalik mutaxassis o‘z vatandoshini tez-tez markaziy yarim himoya juftligida o‘ynatar edi, bu esa ko‘pchilikning fikricha, futbolchining kreativlik qobiliyatini cheklab qo‘ygan. Biroq Fernandeshning o‘zi bunga boshqacha qaraydi.

«Ruben qo‘l ostida o‘ynagan uslubim menga juda yoqardi, chunki bunday rolda o‘zimni yanada total futbolchi kabi his qilardim», — dedi Brunu Sky nashriga bergan intervyusida.

Yanvar oyida Amorimning o‘rnini Maykl Kerrik egalladi va u Fernandeshni hujumga yaqinroq bo‘lgan odatiy pozisiyasiga qaytardi. Hozirda yarim himoyachi bir mavsumdagi golli uzatmalar soni bo‘yicha Premyer-liga rekordini takrorlashga bir qadam qoldi — uning hisobida hozircha 19 ta assist mavjud.

Kiritildi: 15:28, 03.05.2026.
O'qildi: 1006 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик