Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Rays Maylz Lyuis-Skellining o‘yiniga baho berdi

Rays Maylz Lyuis-Skellining o‘yiniga baho berdi

Baho:
+ | -

«Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays Chempionlar ligasi yarim finalida «Atletiko» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Maylz Lyuis-Skellining o‘yinini alohida e’tirof etdi. 19 yoshli futbolchi javob uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushib, 74-daqiqagacha harakat qildi. «Kanonirlar» 1:0 hisobida zafar quchib, so‘nggi 20 yil ichida ilk bor Chempionlar ligasi finaliga yo‘l oldilar.

«Biz Maylz nimalarga qodirligini doim bilganmiz. Uning o‘tgan mavsumda ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgani yodimda. 18 yoshida «Real»ga qarshi maydonga tushganidayoq: «Vau, naqadar kuchli o‘yinchi», deb o‘ylagandim. Bu mavsumda u o‘zi istaganchalik ko‘p o‘ynamayotgan bo‘lsa-da, tushkunlikka tushmasdan, o‘z ustida juda qattiq ishlayotganini ko‘rib turibman. U kunma-kun hamma narsani to‘g‘ri bajarmoqda. Uning yarim finalda maydonga tushib, o‘zini bu qadar yaxshi ko‘rsatgani meni aslo hayratlantirmadi», — deya Raysning so‘zlarini keltiradi UYEFA matbuot xizmati.

Kiritildi: 09:21, 06.05.2026.
O'qildi: 428 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик