«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri oltinchi marta UEFA Yevropa ligasi finaliga yo‘l oldi.
Payshanba kuni birmingemliklar o‘z maydonida «Nottingem Forest»ni 4:0 hisobida yirik hisobda mag‘lub etdi. Ilk o‘yindagi 0:1 mag‘lubiyatdan keyin ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yarim finalda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi.
Avvalroq Emeri boshqaruvidagi jamoalar besh marta YEFA Yevropa ligasi finaliga chiqib, to‘rt marta chempion bo‘lishgan. Shu orqali ispaniyalik murabbiy o‘zining Yevropa Ligasi finallariga chiqish bo‘yicha shaxsiy rekordini yangiladi.
Unai Emeri yevrokuboklar finaliga chiqish bo‘yicha Karlo Anchelotti, Aleks Fergyuson va Joze Mourinyoning natijasini takrorladi.
«Aston Villa» UEFA Yevropa ligasi finalida nemislarning «Frayburg» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 20 may kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi.













