Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/06 02:00 Fransiya 3-0 Iroq
23/06 05:00 Norvegiya 3-2 Senegal
23/06 08:00 Iordaniya 1-2 Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya 5-0 O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya - Gana
24/06 04:00 Panama - Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya - Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar
25/06 03:00 Shotlandiya - Braziliya
25/06 03:00 Marokash - Gaiti
25/06 06:00 Chexiya - Meksika
25/06 06:00 JAR - Janubiy Koreya

«Barsa»ga «Tottenxem» himoyachisi taklif qilindi

«Barsa»ga «Tottenxem» himoyachisi taklif qilindi

Baho:
+ | -

«Barselona»ga «Tottenxem»ning 19 yoshli markaziy himoyachisi Luka Vushkovich taklif qilindi. Futbolchi hozirda ijara asosida «Gamburg»da to‘p tepmoqda.

Ushbu transferni mashhur futbol agenti Pini Zaxavi ilgari surmoqda, biroq xorvatiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash hozircha «blaugrana» rejalariga kirmaydi. «Kamp Nou»dagilar «Inter»dan Alessandro Bastoni yoki «Tottenxem»dan Kristian Romero kabi tajribali himoyachini sotib olishni afzal ko‘rishmoqda.

Bundan tashqari, «shporlar» Vushkovichni sotish emas, balki u bilan shartnomani uzaytirish niyatidalar. Biroq jamoa Chempionshipga tushib ketsa, fikrlari o‘zgarishi mumkin.

O‘tgan yozda «Tottenxem» himoyachini «Xayduk»dan 11 million yevroga sotib olib, darhol Bundesligaga ijaraga yuborgan edi. Bir yil ichida o‘yinchining bozor bahosi 60 million yevrogacha ko‘tarildi.

Kiritildi: 08:19, 09.05.2026.
O'qildi: 2857 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик