Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

La Liga. «Real Sosyedad» va «Betis» o‘rtasidagi dramatik bahsda g‘olib aniqlanmadi (Videsharh)

La Liga. «Real Sosyedad» va «Betis» o‘rtasidagi dramatik bahsda g‘olib aniqlanmadi (Videsharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasining 35-turi doirasida «Real Sosyedad» o‘z maydonida «Betis»ni qabul qildi. To‘rtta gol va bitta chetlatish kuzatilgan bahsda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashdi.

Uchrashuvning 47-daqiqasiga kelib mehmonlar ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqib olishgandi. «Betis» safida Antoni va Ez Abde o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ydi. Biroq mezbonlar o‘yin so‘ngida iroda ko‘rsatib, muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi: Orri Oskarsson va Mikel Oyarsabal (penaltidan) gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

O‘yinning qo‘shimcha vaqtida sevilyaliklar hujumchisi Aytor Ruibal ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.

Ushbu natijadan so‘ng «Betis» 54 ochko bilan turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. 44 ochko jamg‘argan «Real Sosyedad» esa 8-pog‘onadan joy olgan.

«REAL SOSYEDAD» — «BETIS» — 2:2
Gollar: Antoni 39 (0:1), Abde Ezzalzuli 47 (0:2), Orri Oskarsson 79 (1:2), Mikel Oyyarsabal 90+1-pen (2:2).
«Real Sosyedad»: Remiro, Chaleta-Sar, Xon Martin, S. Gomes, Elustondo (Karrera, 77), Gorrotchategi, Soler (Marin, 54), Barrenechea, Kubo (Suchich, 54), Oskarsson, Oyyarsabal.
«Betis»: Valyes, Lyorente, V. Gomes, Rodriges (Belyerin, 69), Ruibal, Altimira (Amrabat, 69), Roka, Pablo Fornals (Isko, 69), Ezzalzuli, Antoni (Rikelme, 59), Ernandes (Deossa, 78).
Ogohlantirishlar: Barrenechea (62), Oskarsson (83) — Ruibal (64), Lyorente (90).
Chetlatish: Ruibal (90, ikkinchi sariq).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 04:59, 10.05.2026.
O'qildi: 817 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик