Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

La Liga. "Vilyarreal" safarda "Malyorka" bilan durang o‘ynadi

La Liga. "Vilyarreal" safarda "Malyorka" bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasining 35-turi doirasida "Vilyarreal" jamoasi safarda "Malyorka" mehmoni bo‘ldi. Bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 31-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Ayoze Peres penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda (45+2) Vedat Muriki gol urib, mezbonlarga muhim bir ochkoni taqdim etdi.

Ushbu durang natijadan so‘ng "Vilyarreal" ochkolari sonini 69 taga yetkazdi va turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. "Malyorka" esa 39 ochko bilan 13-pog‘onadan joy olgan.

«MALYORKA» — «VILYARREAL» — 1:1

Gollar: Ayose Peres 31-pen (0:1), Vedat Muriki 45 (1:1).

«Malyorka»: Roman, Moxika (Lato, 62), Maskarel, Valyent, Morey (Calatayud, 70), Darder, Morlanes (Virxili, 70), Koshta, Pablo Torre (Lopes, 76), Luvumbu, Muriki.

«Vilyarreal»: Tenas, Kardona, Veyga, Marin, Mourinyo, Gonsales (Moleyro, 63), Partey, Komesanya (Parexo, 75), Byukenen (Moreno, 71), Oluvaseyi (Pepe, 63), Peres (Mikautadze, 70).

Ogohlantirishlar: Koshta (71), Muriki (73).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:07, 10.05.2026.
O'qildi: 541 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик