Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

La liga. «Barselona» «Real»ni mag‘lub etib, Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasining 35-turidan o‘rin olgan «Barselona» hamda «Real» o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bellashuv Barselona shahridagi «Spotifay Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi hisobni 9-daqiqada kataloniyaliklar hujumchisi Markus Reshford ochdi. U jarima maydonchasi tashqarisidan o‘ta aniq zarba yo‘llab, to‘pni darvozaning yuqori burchagiga joylab qo‘ydi.

Oradan to‘qqiz daqiqa o‘tib Ferran Torres jamoasining ustunligini mustahkamladi va o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi — 2:0.

Ikkinchi bo‘limda "Barsa" o‘yin sur’atini pasaytirdi va katta tavakkal qilmadi. Shunga qaramay, jamoa golli vaziyatlarni yaratdi, ammo ulardan foydalana olmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Barselona» muddatidan avval Ispaniya chempionligini rasman ta’minladi. Jamoa 91 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. «Real» esa 77 ochko bilan ikkinchi pog‘onadan joy olgan. Mavsum tugashiga yana uch tur qoldi.

Shu tariqa, «Barselona» o‘z tarixida 29-marta Ispaniya chempioniga aylandi.

Keyingi turda Xans-Diter Flik shogirdlari 13 may kuni safarda «Alaves»ga qarshi maydonga tushadi. Alvaro Arbeloa boshqarayotgan «Real» esa bir kundan keyin o‘z maydonida «Ovyedo»ni qabul qiladi.

Ispaniya — La Liga. 35-tur
2026 yil 10 may, yakshanba.
«Barselona» — «Real» 2:0
Gollar: Markus Reshford 9, Ferran Torres 18.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:04, 11.05.2026.
O'qildi: 1124 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик