«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Ligadagi muddatidan oldin qo‘lga kiritilgan chempionlikdan so‘ng jamoaning o‘sishini baholadi. «Ko‘k-anorranglilar» ketma-ket ikkinchi mavsum Ispaniya chempionatida zafar quchishdi. Yakshanba kuni kataloniyaliklar 35-tur doirasida o‘z maydonlarida Madridning «Real» klubini mag‘lub etishdi (2:0).
«Avval ham aytganimdek, ikkinchi mavsum har doim birinchisidan qiyinroq kechadi. Ehtimol, biz o‘tgan mavsumdagidek ko‘p gol urmayotgandirmiz, lekin himoyada ancha yaxshi o‘ynay boshladik — ayniqsa, so‘nggi vaqtlarda. Men jamoaning o‘sishidan hayratdaman», — deya Barca Universal Flikning so‘zlarini keltiradi.













