Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Kyurasao bosh murabbiyi iste’foga chiqdi, Dik Advokat qaytmoqda

Baho:
+ | -

Fred Ryutten Jahon chempionati boshlanishiga bir oy qolganda Kyurasao terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqdi. Bu haqda Kyurasao futbol federasiyasi (FFK) matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 63 yoshli mutaxassis jamoadagi ichki nizolar fonida shunday qarorga kelgan: futbolchilar va homiylar terma jamoani o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga olib chiqqan Dik Advokatni lavozimiga qaytarishni talab qilishgan.

«O‘yinchilar va xodimlar o‘rtasidagi sog‘lom professional munosabatlarga putur yetkazadigan muhit yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu vaziyatda ortga qadam tashlash oqilona qarordir. Vaqt kutib turmaydi, Kyurasao esa oldinga harakat qilishi kerak», — dedi Ryutten.

Eslatib o‘tamiz, 78 yoshli Dik Advokat shu yilning fevral oyida qizining sog‘lig‘idagi jiddiy muammolar sababli Kyurasao bosh murabbiyligidan ketgan edi. Niderlandiya OAVlarining xabariga ko‘ra, qizining ahvoli yaxshilangani bois tajribali murabbiy ishga qaytishga tayyor.

JCH-2026 guruh bosqichida Kyurasao terma jamoasi Germaniya, Ekvador va Kot-d'Ivuar bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 05:49, 12.05.2026.
O'qildi: 961 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик