«Gerta»ning 16 yoshli tayanch yarim himoyachisi Kennet Ayxxorn «Manchester Siti» e’tiboriga tushdi.
Ingiliz klubi nemis futbolchisini sotib olib, Bundesligada tajriba to‘plashi uchun uni «Bayer»ga ijaraga berishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, iqtidorli xavbekka «Bavariya», «Borussiya Dortmund» va «Leypsig» kabi jamoalar ham qiziqish bildirmoqda. «Bayer»ning o‘zi ham futbolchini doimiy asosda sotib olish niyatidan voz kechmagan.
Ayxxornning shartnomasidagi tovon puli 10-12 million yevro atrofida ekani aytilmoqda. Ushbu mavsumda futbolchi ikkinchi Bundesligada 16 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘yishga ulgurdi.













