O‘zbekiston U-20 terma jamoasi “CAFA U-20 Championship” musobaqasidagi ilk uchrashuvda Qirg‘izistonga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Jamoamizning gollariga Ulug‘bek Maratov va Sodiqov mualliflik qilishdi.
CAFA U-20 Championship, 1-tur
O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasi - 2:0
Gollar: Maratov 32’, Sodiqov 77’
Asosiy tarkib: 21. Nematulloh Rustamjonov, 3. Ozodbek Odiljonov, 16. Ozodbek Najmiddinov, 19. Muhammadali Dilshodbekov, 22. Abdulvosid Soliyev, 5. Azizbek To‘lqinbekov, 17. Quvonishbek Saydaliyev, 18. Abubakir Shukurullayev, 9. Nurbek Sarsenbayev, 11. Ulug‘bek Maratov, 23. Sadriddin Hasanov
Zaxira: Odinayev, Shorahmedov, Musaxonov, Baxodirxonov, Abrayev, Ko‘paysinov, Shokirov, Abdug‘aniyev, Abdusattorov, Habibullayev, Sodiqov
Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz musobaqaning ikkinchi turida 13 may kuni Afg‘oniston U-20 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.













