Kirish Ro'yxatdan o'tish

Estadio Deportivo «Real» yarim himoyachisidan uzr so‘radi

Estadio Deportivo «Real» yarim himoyachisidan uzr so‘radi

Baho:
+ | -

Estadio Deportivo nashri «Real» yarim himoyachisi Dani Sebalyos haqida tarqatgan o‘z «insayd»ini rad etishga majbur bo‘ldi. Avvalroq nashr saytida ispaniyalik futbolchi Orelyen Tchuameni va Federiko Valverde o‘rtasidagi mojaro tafsilotlarini klubdan tashqaridagi shaxslarga so‘zlab bergani haqida maqola e’lon qilingan edi.

Shuningdek, xabarda jamoa bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Sebalyosni kiyinish xonasidagi ichki ma’lumotlarni OAV xodimlariga yetkazishda gumon qilayotgani aytilgandi. Biroq oradan bir necha soat o‘tib, nashr rasmiy raddiya bilan chiqdi.

«Futbolchining «ayg‘oqchi» yoki «sotkin» rolida ishtirok etgani, «Real Madrid» kiyinish xonasidagi ichki ma’lumotlarni tarqatgani, shuningdek, jamoadoshlari o‘rtasidagi go‘yoki sodir bo‘lgan mojaro haqidagi xabarlarni uchinchi shaxslarga yetkazgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Estadio Deportivo ushbu ma’lumotlarni inkor etadi va futbolchining sha’ni, imiji hamda professional obro‘siga yetkazilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan zarar uchun afsusda ekanini bildiradi», — deyiladi nashr bayonotida.

Kiritildi: 13:17, 13.05.2026.
O'qildi: 1127 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик