Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

«Chelsi» to‘purari o‘zi uchun eng qulay pozisiyani aytdi

«Chelsi» to‘purari o‘zi uchun eng qulay pozisiyani aytdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» hujumchisi Joao Pedro London klubidagi pozisiyasi va maydondagi roli borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Braziliyalik futbolchi TNT Sports va Lance nashrlariga bergan intervyusida hujum markazida o‘ynash istagini yashirib o‘tirmadi.

«Chelsi»ga o‘tgan vaqtimdan beri bu haqda ko‘p gapirganman — men faqat «to‘qqizlik» pozisiyasida o‘ynashni istayman. Pozisiyangni doimiy ravishda o‘zgartiraverganingda, berilgan rolni his qilish qobiliyatini yo‘qotar ekansan. Darvozaga yaqinroq, sof hujumchi rolida o‘ynash menga ko‘proq mos keladi. Biroq men jarima maydonchasi ichida shunchaki to‘p kutib turadigan hujumchi emasman, balki o‘yin jarayonida faol ishtirok etishni yoqtiraman», — deydi Pedro.

Ma’lumot uchun, Joao Pedro joriy mavsumda «Chelsi» libosida barcha turnirlarda 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.

Kiritildi: 18:28, 13.05.2026.
O'qildi: 157 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик