Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kivu: «Bu g‘alabalarni oddiy hol deb hisoblamaslik kerak»

Kivu: «Bu g‘alabalarni oddiy hol deb hisoblamaslik kerak»

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi Italiya Kubogi finalida «Lasio» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Rimdagi «Stadio Olimpiko»da kechgan bahs taqdiri birinchi bo‘limning o‘zidayoq hal bo‘ldi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida rimliklarning avtogoli «neradzurri»ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 35-daqiqada Lautaro Martines darvozani ishg‘ol qilib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Jamoa bosh murabbiyi Kristian Kivu muvaffaqiyatli mavsum haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz ajoyib mavsumni o‘tkazdik va ikkita sovringa loyiq edik. Erishilgan yutuqlardan va muxlislarimiz uchun xursandmiz. A Seriya va Italiya Kubogidagi g‘alabani hech qachon oddiy holdek qabul qilmaslik kerak», — deydi ruminiyalik mutaxassis Sport Mediaset nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, «Inter» joriy oy boshida Italiya chempionatida ham muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirgan edi. Bu jamoa uchun 2010 yildan buyon ilk «oltin dubl» (bir mavsumda ham chempionat, ham kubokda zafar quchish) bo‘ldi.

Kiritildi: 12:02, 14.05.2026.
O'qildi: 420 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик