Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Flik «Barselona»ning yangi debyutanti haqida: «U meni hayron qoldirdi»

Flik «Barselona»ning yangi debyutanti haqida: «U meni hayron qoldirdi»

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liganing 36-turidan o‘rin olgan «Alaves»ga qarshi bahsda (0:1) ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgan Alvaro Kortesning o‘yiniga baho berdi. Kataloniyaliklarning yoshlar jamoasi sardori bo‘lgan Kortes markaziy himoyada harakat qildi.

Germaniyalik mutaxassis mag‘lubiyatga qaramay, yosh himoyachining harakatlaridan qoniqish hosil qilganini ta’kidladi.

«Kortes o‘zini juda yaxshi ko‘rsatmoqda. U so‘nggi vaqtlarda sezilarli darajada o‘sdi. Ayniqsa, uning havodagi kurashlardagi o‘yini meni juda quvontirdi. O‘yindan oldin Alvaroga xuddi mashg‘ulotlardagidek o‘ynashini aytgandim. Men yosh futbolchilardan aynan shuni kutaman», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Ma’lumot uchun, Alvaro Kortes shu yilning mart oyida 21 yoshini qarshi oldi. Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. «Alaves»ga qarshi bahs u uchun asosiy jamoadagi debyut o‘yin sifatida tarixda qoldi.

Kiritildi: 12:29, 14.05.2026.
O'qildi: 244 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик