Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kamavinga Jahon chempionatidan chetda qolishi mumkin

Kamavinga Jahon chempionatidan chetda qolishi mumkin

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinganing mundialga borishi so‘roq ostida qolmoqda. Terma jamoa bosh murabbiyi Didye Desham Jahon chempionatiga yo‘l oladigan futbolchilarning to‘liq ro‘yxatini bugun, 14 may oqshomida TF1 telekanali efirida rasman e’lon qiladi.

AS nashrining xabariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda «Real Madrid» futbolchisining turnirdagi ishtiroki jiddiy shubha ostiga olingan. Bunga Kamavinganing joriy mavsumdagi beqaror o‘yini, «Bavariya»ga qarshi bahsdagi chetlatilishi va maydon markazidagi yuqori raqobat sabab bo‘lmoqda.

Mart oyidagi o‘yinlar holatiga ko‘ra, Kamavinga yarim himoyachilar reytingida Orelyen Tchuameni, Uorren Zair-Emeri, N’Golo Kante va Adriyen Rabyodan keyingi, ya’ni beshinchi tanlov sifatida ko‘rilgan. Shuningdek, «Lion»da ajoyib mavsumni o‘tkazgan Korenten Tolisso ham unga qo‘shimcha raqobat tug‘dirishi mumkin.

Kiritildi: 17:28, 14.05.2026.
O'qildi: 193 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик