Londonning «Arsenal» klubi yogi transferlar oynasida yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Klub «Vest Xem Yunayted»ning 21 yoshli portugaliyalik xavbeki Mateush Fernandesh vakillari bilan muzokaralarni boshlagan. Bu haqda The Times xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Fernandeshning joriy mavsumdagi o‘yini «Arsenal» murabbiylar shtabida katta taassurot qoldirgan.
Shuningdek, «Vest Xem»ning Chempionshipga tushib ketishi ehtimoli yuqori bo‘lgani sabab, «kanonirlar» ushbu transferni muvaffaqiyatli yakunlash imkoniyatiga ega.
Joriy mavsumda Mateush Fernandesh «Vest Xem» safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.













