Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kessining moliyaviy talablari uning Yevropaga qaytishiga xalaqit berishi mumkin

Kessining moliyaviy talablari uning Yevropaga qaytishiga xalaqit berishi mumkin

Baho:
+ | -

Frank Kessining Italiya chempionatiga qaytishi haqidagi mish-mishlar hali mart oyidayoq paydo bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, u ilgari "Atalanta" va "Milan" klublarida muvaffaqiyatli to‘p surgan, "rossonerilar" bilan hatto mamlakat chempioniga ham aylangandi. O‘shanda mish-mishlar Kessini "Yuventus"ga yo‘llayotgan bo‘lsa, endilikda "Roma" varianti ancha realroq ekani oydinlashdi.

Gap shundaki, Rim klubini ayni damda futbolchining qobiliyatlarini juda yaxshi biladigan Djan Pyero Gasperini boshqarmoqda. U Kessi bilan "Atalanta"da birga ishlagan va uni yana o‘z jamoasida ko‘rishni istaydi.

Biroq Kessining moliyaviy talablari bu transferga muammo tug‘dirishi mumkin. Hozirda u Yaqin Sharqda yaxshigina maosh olmoqda va katta Yevropa futboliga qaytish istiqboli uchun ham o‘z maoshining sezilarli darajada kamayishiga rozi emas.

Kiritildi: 11:11, 15.05.2026.
O'qildi: 657 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик