Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ispaniya hukumati Falastin bayrog‘ini ko‘targan Lamin Yamalni himoya qildi

Ispaniya hukumati Falastin bayrog‘ini ko‘targan Lamin Yamalni himoya qildi

Baho:
+1 | -

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches “Barselona” hujumchisi Lamin Yamalning klub chempionlik paradi vaqtida Falastin bayrog‘i bilan ko‘rinish berganiga munosabat bildirdi. Ushbu tadbir 11 may, dushanba kuni “ko‘k-anorranglilar”ning La Liga 2025/26 yilgi mavsumidagi g‘alabasi sharafiga tashkil etilgan edi.

Sanches o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Isroil tomonining tanqidlariga javoban futbolchini himoya qildi.

“Davlat bayrog‘ini namoyish etishni nafratga undash deb hisoblaydigan kishi yo aqlini yo‘qotgan, yoki o‘z sharmandaligi bilan ko‘r bo‘lib qolgan. Lamin shunchaki millionlab ispanlar kabi Falastinni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu esa u bilan faxrlanishimiz uchun yana bir sababdir”, deb yozadi hukumat rahbari.

Avvalroq Isroil rasmiylari 18 yoshli futbolchining ushbu harakatini “nafrat uyg‘otish” deb atab, keskin tanqid qilgan edi. Ispaniya hukumati esa G‘azo sektoridagi vaziyat borasida Isroilning harbiy harakatlarini eng ko‘p tanqid qilayotgan Yevropa davlatlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:56, 16.05.2026.
O'qildi: 1584 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик