Ispaniyaning «Estremadura» klubi to‘rt mavsum ichida yettinchi ligadan uchinchi ligaga ko‘tarilib, katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Klubning bu rivojlanishi «Real»ning belgiyalik darvozaboni Tibo Kurtuani qiziqtirib qoldi.
U o‘zi hammuassis bo‘lgan «NXTPLAY» sport investisiya platformasi orqali klubning hammuallifiga (sherik egasiga) aylanishga qaror qildi. Shunday qilib, «Estremadura» uchun yangi rivojlanish davri boshlanmoqda — endi klubda ma’lum moliyaviy kafolatlar va dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan birining homiyligi mavjud.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan asrning 90-yillarida «Estremadura» hatto oliy ligada ham ishtirok etgan va u yerda ikki mavsumni o‘tkazgan.













