"Santos" klubining yulduzli hujumchisi Neymar Jahon chempionati – 2026 uchun Braziliya terma jamoasiga chaqirilganiga munosabat bildirdi. Hujumchi "selesao"ning ushbu nufuzli turnir uchun qaydnomasidan joy oldi.
"Hamma kutgan chaqiruv. Neymarsiz ham mundial bo‘larkanmi?" – deyiladi 34 yoshli futbolchining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Neymar Yevropada Kataloniyaning "Barselona" va Fransiyaning "PSJ" klublaridagi ajoyib o‘yinlari orqali mashhur hisoblanadi. Shuningdek, u Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Hilol" sharafini ham himoya qilgan.













