Braziliyalik himoyachi Tyago Silva rasman «Portu»ni tark etdi. 41 yoshli futbolchining ketgani haqida Portugaliya klubi matbuot xizmati xabar berdi.
«Ajdarholar» bayonotida faxriy futbolchining shartnomasi o‘z nihoyasiga yetgani va o‘yinchi jamoadagi faoliyatining ikkinchi bosqichini yakunlagani qayd etildi. Silva ilk bor «Portu» tizimiga 2004 yilda kelgan va o‘shanda klubning zaxira jamoasida to‘p surgan edi. Ikkinchi tashrifi davomida esa himoyachi jamoaga Portugaliya chempioni bo‘lishda yordam berdi.
Yakunlangan mavsumda futbolchi «Portu» tarkibida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi. Avvalroq himoyachi «PSJ», «Chelsi», «Milan» va bir qator boshqa jamoalar sharafini ham himoya qilgan.













