Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Gabriel Jezus o‘z kelajagi haqidagi savollarga javob qaytardi. 29 yoshli braziliyalik futbolchi joriy mavsumda «kanonirlar» asosiy tarkibidan joy olishda qiynalmoqda. Forvardning shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolgani bois, klub rahbariyati yozgi transfer oynasida futbolchini sotib yuborish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.
«Kelajagim borasida ko‘p gap-so‘zlar bo‘lmoqda, shu bois ochiqchasiga gapirishni istayman. Men rivojlanishni va maydonda jamoamga yordam berishni xohlayman, shu sababli hozirgi vaziyat bilan kelishish men uchun oson emas. Kelajagim Xudoning qo‘lida. «Arsenal» bilan shartnomamning tugashiga yana bir yil qoldi. Men muntazam ravishda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni va o‘zimga hamon yuqori saviyada to‘p tepa olishimni isbotlashni istayman», — deya Jezusning so‘zlarini keltirmoqda ESPN.
Ma’lumot uchun, Jezus o‘tgan mavsumda Mikel Arteta qo‘l ostida Angliya chempioni unvoniga ega chiqdi.













