«Nyukasl» vingeri Entoni Gordon tez orada «Barselona» futbolchisiga aylanadi. Avvalroq tomonlar transfer shartlarini to‘liq kelishib olgani xabar qilingan edi.
Jurnalist Karlos Monforning ma’lumotlariga ko‘ra, Gordon tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun payshanba, 28 may kuni Barselonaga yetib kelishi kutilmoqda. Klub allaqachon futbolchi uchun mehmonxona band qilgan, uning atrofidagilar esa uy izlash bilan band.
O‘tgan mavsumda 25 yoshli Gordon barcha musobaqalarda 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 17 marta ishg‘ol qilgan va beshta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
«Nyukasl»ga o‘tguniga qadar Entoni Gordon «Preston» va «Everton» jamoalarida to‘p surgan.













