«Real» prezidenti Florentino Peres Madrid klubining hozirgi tarkibi saviyasiga yuqori baho berdi.
«Mbappe, Bellingem, Valverde, Vinisius... Ular dunyoning eng yaxshi futbolchilari. Odamlar buni juda yaxshi biladi.
Yaxshi murabbiy ushbu o‘yinchilar bilan bizni yangi buyuk davrga yetaklaydi», — dedi Peres.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, «Real» 86 ochko jamg‘arib, La Liga turnir jadvalida 2-o‘rinni egalladi. Ispaniya chempionligini 94 ochko bilan «Barselona» qo‘lga kiritdi.













