"Manchester Yunayted" klubining sobiq hujumchisi Ueyn Runi jamoaning amaldagi sardori Brunu Fernandeshning o‘yini va yetakchilik qobiliyatlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Portugaliyalik yarim himoyachi joriy mavsumda ko‘rsatgan ajoyib o‘yini uchun chempionatning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va Premyer-liga tarixidagi golli uzatmalar rekordini (21 ta) yangiladi.
"Men Brunu mashg‘ulot maydonida sardor sifatida nima qilishi kerak bo‘lsa, shuni bajarishini yaxshi bilaman. U boshqalarga yordam berishga intiladi va ularni ilhomlantiradi. Kim nima demasin, biz barchamiz uning yetakchilik fazilatlarini ko‘rib turibmiz. Fernandesh – ajoyib sardor. Umid qilamanki, tarkib kerakli darajada kuchaytirilsa, u bizni APLda g‘alabaga yetaklaydi", – deydi Runining so‘zlarini keltiradi talkSPORT.
Eslatib o‘tamiz, "qizil iblislar" yakuniga yetgan Premyer-liga mavsumini uchinchi o‘rinda yakunlashdi.













