Madridning «Atletiko» klubi va Argentina terma jamoasi forvardi Xulian Alvares o‘zining 38 yoshli vatandoshi, Amerikaning «Inter Mayami» klubi hujumchisi Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
«Uning yoshini hisobga olsak, bu Leo uchun haqiqatan ham so‘nggi jahon chempionati bo‘lishi mumkinligini hammamiz yaxshi tushunib turibmiz, lekin yakuniy qarorni u o‘zi qabul qiladi. Bu, shubhasiz, o‘zgacha jahon chempionati bo‘ladi. Bu nafaqat biz — uning jamoadoshlari va Argentina xalqi uchun, balki uni kuzatib borayotgan barcha insonlar uchun ham tegishli, chunki u — barcha zamonlarning eng buyuk futbolchisi. Albatta, u butun dunyoga juda katta ta’sir o‘tkazdi», — deya Alvaresning so‘zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.













