Madridning «Atletiko» klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Alvares 2022 yilgi jahon chempionatidan keyin o‘zida qanday o‘zgarishlar bo‘lgani haqidagi savolga javob berdi.
«O‘yin uslubim 2022 yildan beri juda qattiq o‘zgarib ketdi, deb ayta olmayman, lekin men bir qancha yangi konsepsiyalarni o‘zlashtirdim va ma’lum sohalardagi mahoratimni oshirdim. So‘nggi yillarda o‘tkazilgan o‘yinlar sonini hisobga olsak, hozir menda tajriba ko‘proq. Eng muhimi esa, ushbu [terma jamoa] libosida to‘p surish qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi va vaqt o‘tishi bilan, hatto o‘zing sezmagan holda ham yaxshilanib borasan», — deya Alvaresning so‘zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.













