Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/06 03:00 Shotlandiya 0-1 Marokash
20/06 05:30 Braziliya 3-0 Gaiti
20/06 08:00 Turkiya 0-1 Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya 5-1 Shvesiya
21/06 01:00 Germaniya 2-1 Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador 0-0 Kyurasao
21/06 09:00 Tunis 0-4 Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya - Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya - Eron
22/06 03:00 Urugvay - Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya - Misr
22/06 22:00 Argentina - Avstriya

Xau Gordonning «Barselona»ga o‘tishiga munosabat bildirdi

Xau Gordonning «Barselona»ga o‘tishiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Nyukasl Yunayted» bosh murabbiyi Eddi Xau hujumchi Entoni Gordonning «Barselona»ga transferi haqida gapirdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ingliz klubi ushbu o‘tish uchun 80 million yevrogacha mablag‘ olishi mumkin.

«Entonini yo‘qotganimizdan xafa bo‘lsak-da, bu uning uchun katta imkoniyat ekanligini tushunamiz. U so‘nggi yillardagi muvaffaqiyatlarimizning muhim qismi bo‘ldi. «Nyukasl»da o‘ynab yurgan vaqtida Angliya terma jamoasi a’zosiga aylangani uning rivojlanishi yo‘lida qilgan mehnatlari va klubdagilarning qo‘llab-quvvatlashi natijasidir.

U bizning eng ezgu tilaklarimiz bilan ketmoqda. Ishonchim komilki, u «Barselona»da ham, bu yilgi Jahon chempionatida terma jamoa safida ham muvaffaqiyatlarga erishadi», — dedi Xau klub rasmiy saytiga.

Mavsum yakunlariga ko‘ra, Gordon «Nyukasl» safida barcha turnirlarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 10:56, 30.05.2026.
O'qildi: 1157 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик