Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko

«Barselona» va «Manchester Siti» «Budyo-Glimt»ning 17 yoshli hujumchisi uchun kurashadi

«Barselona» va «Manchester Siti» «Budyo-Glimt»ning 17 yoshli hujumchisi uchun kurashadi

Baho:
+ | -

Ispaniyaning «Barselona» va Angliyaning «Manchester Siti» klublari Norvegiyaning «Budyo-Glimt» jamoasiga tegishli bo‘lgan 17 yoshli hujumchi Mikkel Broning harakatlarini diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Insayder Rudi Galettining X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, futbolchiga Italiyaning «Yuventus» va Niderlandiyaning «Ayaks» klublari ham da’vogarlik qilmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, shu yilning yanvar oyida «Nyukasl» daniyalik futbolchini sotib olish bo‘yicha taklif bilan chiqqan edi. O‘shanda «Budyo-Glimt» o‘yinchini sotishni rad etgan. «Qarg‘alar»ning Broga bo‘lgan qiziqishi hamon saqlanib qolgani aytilmoqda.

Mikkel Bro 2025 yilning fevral oyida Daniyaning «Orxus» klubidan «Budyo-Glimt» safiga kelib qo‘shilgan edi. U Daniyaning 17 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchi ushbu terma jamoa sardori hisoblanadi.

Kiritildi: 14:55, 30.05.2026.
O'qildi: 1583 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик