Hujumchi Xulian Alvares «Atletiko»dan «Barselona»ga o‘tishga intilishini davom ettiradi. Kataloniya klubi argentinalik futbolchining transferi bo‘yicha yangi taklif bilan chiqishi kutilmoqda. Bu haqda All About Argentina nashri jurnalist German Garsiya Grovaga tayanib xabar bermoqda.
«Atletiko» safida Xulian Alvares jami 106 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 49 ta gol va 17 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Transfermarkt portali 26 yoshli Alvaresni 90 million yevroga baholamoqda. Shu bilan birga, «Atletiko» argentinalik futbolchi uchun bundan yuqoriroq summa talab qilishi aniq.













