«Barselona»ning sobiq himoyachisi Inigo Martines Entoni Gordonning transferi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Kataloniya klubi yaqinda angliyalik vingerni «Nyukasl»dan 80 mln yevro evaziga sotib olganini e’lon qilgan edi.
«Hammasi «Barselona»ga aynan qanday turdagi futbolchi kerak bo‘lganiga bog‘liq. Menimcha, Gordon pressingda yaxshi, to‘p uchun kurasha oladi va texnik jihatdan juda iqtidorli. Ammo bu uning albatta tarkibga kirib ketishini anglatmaydi. Top-klubda o‘ynash — bu doim alohida bosim demakdir va uni jiddiy raqobat kutmoqda. «Barselona»ning hujum chizig‘ida ko‘plab ajoyib futbolchilar bor», — deya hozirda «Al-Nasr»da to‘p surayotgan Martinesning so‘zlarini keltirdi Managing Barca.
Entoni Gordon kataloniyaliklar bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.













