Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Polshada muxlislar Ukraina terma jamoasi madhiyasi va o‘yinchilariga nisbatan norozilik bildirdi

Baho:
+ | -

31may, yakshanba kuni Vroslav shahrida Polsha va Ukraina terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin oldidan stadionda Ukraina davlat madhiyasi yangraganda, shuningdek, diktor ukrainalik futbolchilarning ism-sharifini e’lon qilayotganda polshalik ishqibozlar ommaviy ravishda hushtak chalib, o‘z noroziliklarini bildirishdi.

Bunga so‘nggi kunlarda ikki davlat o‘rtasida yuzaga kelgan siyosiy kelishmovchiliklar sabab bo‘lgan. Yaqinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy harbiylarning maxsus bo‘linmasiga “Ukraina isyonchilar armiyasi (UPA) qahramonlari” nomini bergan edi.

Bunga javoban Polshaning sobiq prezidenti Lex Valensa ko‘kragiga taqib yurgan Ukraina bayroqchasini yechib tashlaganini va endi Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi. Polsha rahbari Karol Navroskiy esa Ukraina bunday qarorlari bilan Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga ma’naviy jihatdan tayyor emasligini isbotlaganini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Ukraina isyonchilar armiyasi (UPA) Ikkinchi jahon urushi yillarida gitlerchilar bilan hamkorlik qilgan guruh hisoblanadi. Bu tashkilot ko‘plab qirg‘inlarda, xususan, 1943-yilda Volin hududida minglab polyaklarning ommaviy o‘ldirilishida (tarixda “Volin qirg‘ini” deb nomlanadi) ayblanadi. Shuningdek, o‘sha paytda ular bilan hamkorlik qilishni xohlamagan minglab ukrainaliklar ham ularning qurboniga aylangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:57, 01.06.2026.
O'qildi: 759 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик